"Manchester Yunayted" to'rt yil oldin Xames Rodrigesni 5 millionga ham sotib olmagandi

Aziz Tukhtamuradov
30 iyun 2014, 08:10
Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi Xames Rodriges to'rt yil avval MYU safida paydo bo'lishi mumkin edi.

U vaqtda 22 yoshli futbolchi Argentina chempionatida ishtirok etib, "Banfildu"ning chempion bo'lishiga o'zining hissasini qo'shgan.

O'shanda agentlar MYU skautlariga futbolchini 5 million funt evaziga sotib olishni taklif qilishgan. Lekin, "qizil iblislar" yakunda 7,4 million evaziga hech narsani qoyillata olmagan Bebeni sotib olishgandi.

Eslatib o'tamiz, Rodriges o'tgan yili "Portu"dan "Monako"ga 40 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru