"Manchester Siti" va "Bavariya" Donnarumma uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025, 14:15
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaga qiziqish bildirayotgan "Chelsi" qatoriga Yevropaning yana ikki grandi – "Manchester Siti" va "Bavariya" ham kirdi.

Bu haqda nufuzli insayder Nikolo Skira X tarmog'ida xabar berdi.

Unga ko'ra, har ikki klub ham 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirish masalasi noaniq qolayotgan 26 yoshli darvozabon atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq hozircha na PSJ, na Donnarumma rasmiy taklif olgan.

Transfermarkt futbolchini 40 million evroga baholamoqda. Italiyalik posbon 2024/2025 yilgi mavsum 47 o'yin o'tkazib, 43 ta gol o'tkazib yuborgan va 17 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira