"Manchester Siti" va "Bavariya" bir futbolchiga ko'z tikdi

Mirjalol Normatov
22 okt 2023, 11:11
"Atalanta" himoyachisi Jorjo Skalvini Yevropaning top-klublari e'tiboriga tushdi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi "Yuventus"ning maqsadi bo'lib turibdi. Ammo uning transferi borasida "Manchester Siti" va "Bavariya" kabi klublar ham ishlarni boshlab yuborgan. Ushbu klublar ham Bergamo klubiga rasmiy taklif jo'natib bo'lishgan.

O'tgan mavsumda A Seriyada 32 o'yin o'tkazgan futbolchi ushbu mavsumda 8 uchrashuvda qatnashishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato