

Transfer oynasining so'nggi kunida "Arsenal" "Manchester Siti"ning 60 mln. funtlik taklifini qabul qildi, biroq "to'pchilar" chililik futbolchi o'rniga "Monako"dan Toma Lemarni xarid qila olmagani uchun, transfer amalga oshmadi. Aleksisning o'zi Xosep Gvardiola qo'l ostida to'p tepishga umid qilayotgandi.
28 yoshli futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi keyingi yozda yakuniga etadi.
Sanches 2018 yilning boshida boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin.



