"Manchester Siti" Jezusning narxini ko'tardi

Alisher
19 iyul 2021
"Manchester Siti" braziliyalik Gabriel Jezus bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishi mumkin.

24 yoshli futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.

Angliya chempioni rahbariyati Gabrielning sotuvidan 50 million evro miqdorida mablag' olmoqchi. Hujumchining "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Jezus o'tgan mavsum APL doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato