"Manchester Siti" Ispaniya chempionatidagi darvozabonni qo'lga kiritmoqchi

Alisher
17 iyun 2019
"Eybar" darvozaboni Aser Riesgo "Manchester Siti" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Darvozabonning Ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi va u "shaharliklar" tarkibiga erkin agent maqomida borishi mumkin. "Manchester Siti" shuningdek jamoaning yosh darvozaboni Aro Murichni ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

U "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 35 yoshli Riesgo "Eybar"da 2015 yildan beri harakat qiladi va hozirgi paytda jamoa sardori hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror