"Manchester Siti" belgiyalik himoyachiga e'tibor qaratdi

14 iyul 2020, 22:51
Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Yan Vertongen faoliyatini "shaharliklar" safida davom ettirishi mumkin.

The Telegraph nashri xabar berishicha, "Manchester Siti" mutasaddilari 33 yoshli markaziy himoyachi bilan joriy yozda shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqishyapti. Vertongen Xosep Gvardiola boshqaruvi ostidagi jamoa safiga erkin agent sifatida qo'shilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida 22 uchrashuvda maydonga tushgan "shporlar" vakili 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph