"Manchester Siti" "Bavariya" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
23 mar 2020, 14:12
"Bavariya" himoyachisi David Alaba kelasi yozda Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirgan. "Shaharliklar" Alaba uchun kurashda yozda chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi bo'lgan "Barselona" bilan raqobatga kirishmoqchi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar"ning himoya chizig'ini kuchaytirish kerak deb hisoblaydi va shu sababli Ben Chiluell, Ruben Diash va Kalidu Kulibalilarning ham variantlari o'rganilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Siti"da chap qanot himoyachilaridan Aleksandr Zinchenko va Benjamin Mendilar harakat qilishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News