"Manchester Siti" "Barselona" yetakchisini nishonga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
20 mar 2025
"Manchester Siti" "Barselona" va Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya transferini ko'rib chiqmoqda.

Ingliz klubi hujumkor salohiyatini oshirish uchun braziliyalik futbolchining transferiga 80 million evrodan ko'proq mablag' sarflashga tayyor.

25 yoshli Rafinya joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol urgan va 20ta golga hammualliflik qilgan. 

Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi va uning hozirgi narxi Transfermarkt talqiniga ko'ra 80 million evroga teng.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Nacional