"Manchester Siti" APL tarixiga kirdi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 12:08
Angliya Premer-ligasining 15-turida "Manchester Siti" mehmonda "Uotford"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng "shaharliklar" to'plar nisbati bo'yicha Angliya chempionatining so'nggi 125 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Manchester klubi 15ta uchrashuvda 45ta gol urdi va 7 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. To'plar nisbati +38 ni tashkil qildi.

So'nggi bor 125 yil oldin (1892/93) mavsumning shu qismida "Sanderlend" +39 to'plar nisbatini qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru