Manba: MYU Pochettinoni murabbiy qilib tayinlashi aniq. PSJ 10 mln funt tovon puli so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
23 noya 2021, 22:32
Manchester klubi murabbiy borasida bir qarorga kelishgan.

Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, klub Maurisio Pochettinoni murabbiy sifatida tayinlash borasida bir qarorga kelib bo'ldi. PSJ esa tovon puli tariqasida 10 mln (11.8 mln evro) talab qilmoqda. 

Argentinalik "Manchester Yunayted"ni hoziroq qabul qilib olishni istamoqda. Qayd o'tish joizki, MYU murabbiy uchun hali beri rasmiy taklif yuborgani yo'q. 

Bugun Pochettino "Siti"ga qarshi o'yin o'tkazish uchun Manchester shahriga yetib boradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News