Manba: Jaloliddin Masharipov Afrika klubi bilan shartnoma imzoladi

Administrator
24 avg 2022, 01:23
Futbolchi Misr klubi bilan kelishuvga erishgani xabar qilindi.

Hozirda "Al Nassr" klubi futbolchisi hisoblangan Jaloliddin Masharipov Misrning "Al Ahli" klubi bilan kelishuv imzolagan. Ikki klub o'rtasida transfer ham hal bo'lgan. Bu haqda Misrning KingFut nashri saudiyalik insayder Abdulaziz Alzamilga tayangan holda xabar berdi.  

Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum “Al Nassr” tarkibida 2 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. 

Misrning "Al Ahli" klubi esa o'z milliy chempionatida 64 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/Azoz_Alzamil