

Bu ma'lumot Palmyeriga Milan prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan. Shuningdek, barcha gumondorlar FIGC Hakamlar komissiyasi bilan bog'liqligi va tyergov to'rt-beshta o'yinga tegishli ekani xabar qilinmoqda.
25 aprel kuni Janluka Rokki "Intyer" ishtirokidagi o'yinlarga hakamlarni tayinlashda mumkin bo'lgan qoidabuzarliklar uchun tyergov qilinayotgani xabar qilindi. Milan prokuraturasi tyergov boshlaganidan so'ng mutaxassis FIGC Hakamlar komissiyasi rahbari lavozimidan iste'foga chiqdi.
26 aprel kuni "Intyer" ikkinchi divizionga tushib ketishi va ikkita sovrindan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.



