"Man Siti" va "Vulvs" Mateush Nunesh transferi bo'yicha kelishuvga erishishdi (Fabricio Romano)

Administrator
30 avg 2023, 19:20
Faqatgina rasmiyatchilik ishlari qoldi.

"Manchester Siti" yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olishi deyarli aniq. Manchester klubi "Vulvs" bilan Mateush Nunesh transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Taniqli insayder Fabricio Romano ushbu transfer hal bo'lganini ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, "Manchester Siti" Nunesh uchun 55 mln funt to'laydi. Bundan tashqari, "shaharliklar" Tommi Doylni "Vulvs"ga 5 mln funtga sotib olish sharti bilan ijaraga berishadi. Ushbu kelishuv Nunesh transferidan alohida amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot uchun, Nunesh o'tgan mavsum 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano