La Liga. "Atletiko" mehmonda "Malorka" bilan durang o'ynadi, madridliklar o'yinni o'n kishi bo'lib yakunlashdi

Alisher Ostonov
21 sen 2025
La Liga 5-tur doirasidagi "Malorka" - "Atletiko" o'yini bo'lib o'tdi.

Xulian Alvares 14-daqiqada penaltini golga aylantirolmadi. O'yinning 72-daqiqasida uning o'rniga maydonga tushgan Aleksandr Sorlot to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi. "Atletiko" shunga qaramay 79-daqiqada Konor Gallaxerning goli tufayli g'alabaga yaqin kelgandi, ammo 85-daqiqada "Malorka" hujumchisi Vedat Muriki hisobni tenglashtirdi.





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia