Malkom "Barselona"ni tark etmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
22 apr 2019, 12:02
"Barselona" yarim himoyachisi Malkom doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa ham faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning Kataloniya klubiga o'tishidan havotirda.

Agar fransiyalik ko'k-anorranglilar safiga qo'shilsa, Malkom klubni tark etishga qaror qilishi mumkin.

Malkom 2018 yilning yozida "Bordo"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u LaLiganing 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Esporte