Maldini: "Biz Messini "Milan"ga olib kelishga uringandik"

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2023
"Milan" jamoasi sobiq texnik direktori Paolo Maldini klub Lionel Messiga taklif jo'natganini esladi.

"O'n kun davomida biz Messini "Milan"ga olib kelishga uringandik, ammo keyin buning iloji yo'qligini anglab etganmiz. Hozir endi kech, lekin Messi kabi futbolchi barchaga birdek yoqa oladi. U "Inter"ga o'tishi mumkinligini o'qiganimda, qo'rqib ketgandim".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano