Maktomini yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin

Mirjalol Normatov
21 mar 2023
"Manchester Yunayted" futbolchisi Skott Maktomini yozda "Nyukasl"ga o'tishi mumkin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau mankunianliklar tayanch yarim himoyachisining sifatlari orqali jamoasi kuchayishiga ishonmoqda. Klub skauti Stiv Nikson hamda sport direktori Den Eshuort ham jamoa ustozini qo'llab-quvvatlamoqda. O'z navbatida Maktominining o'zi ham "Nyukasl"ning muvaffaqiyatli rivojidan mamnun bo'lgan.

Ammo "Yunayted" futbolchilarini YCHLga chiqish uchun raqobat qilayotgan jamoalarga sotish niyatida emas. Agarda klub yozda markaziy yarim himoyachi sotib olish niyatida bo'lsa, Maktominining kyetish ehtimoli ham yo'q emas.

Ushbu mavsumda Maktomini APLning 18 o'yinida maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph