Maktominey MYU bosh murabbiyini qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
19 dek 2023, 10:18
Skott Maktomineyning aytishicha, butun jamoa Erik ten Hag bilan birga.

"Manchester Yunayted" sardori Skott Maktominey jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hagni qo'llab-quvvatladi va butun jamoa uning tarafida ekanligini aytdi.

"Ko'p intervyularda biz murabbiy tarafida ekanligimizni aytganman. Biz hammamiz birinchi navbatda jamoa sharafini himoya qilamiz. U odamlar bilan ishlashda zo'r va bu natija qurilish bloki xolos", – dedi yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi o'yinda "Manchester Yunayted" "Liverpul"ga qarshi o'yinda golsiz durangni saqlab qola oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC