Maksim Shackix: "Bu yil amalga oshmagan orzularining ro'yobi kelasi yili ushalsin"

Narzulla Saydullayev
31 dek 2014, 19:02
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shackix o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Maksim Shackix: "O'zbekiston XXII milliy chempionati o'yinlarini internet orqali imkoniyatim darajasida kuzatib bordim. TV orqali ko'rishning esa iloji yo'q. Hech bo'lmaganda, turnir jadvalidagi holatni ko'rib chiqaman. Bu yil “Bunyodkor”ning chempionlik va kubokni qo'lga kiritgani haqqoniy bo'ldi, nazarimda. Aytish mumkinki, O'zbekiston chempionatida avvalgi yillar bilan taqqoslaganda o'sish bor. Buni terma jamoa natijalarida ham ko'rish mumkin. Terma jamoamiz faqat omad yetishmaganligi sababli JCHdan qolib ketdi. Hali shu paytgacha hech qachon 14 ochko jamg'arilmagandi. Hal qiluvchi saralash o'yinlarida g'alaba qozonish bu tarixiy natijadek qabul qilinardi. Fursatdan foydalanib, saytingiz orqali yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Bu yil amalga oshmagan orzularining ro'yobi kelasi yili ushalsin!"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia