Maksim Shackix: 10 oy maoshsiz, O'zbekiston va murabbiylik kurslari haqida

Narzulla Saydullayev
7 apr 2015, 09:18
Hamyurtimiz Maksim Shackix "Futbol 1" telekanaliga "Goverla"dagi moliyaviy holat haqida intervyu berdi.
- "Goverla" futbolchilariga so'nggi oylarga pul berishdimi?
- Hech nima. Barchasi qanday bo'lsa shunday davom etmoqda. 10 oydan buyon maosh yo'q.

- Mukofot pullarichi?

- Qanaqa mukofot pullari? Bir yarim yil ichida jamoada bu narsa yo'q. Bironta ham yo'q. Yana nima haqda gapirish mumkin? Kievda "Goverla" rahbariyati bilan uchrashmoqchi bo'ldim, imkoni bo'lmadi.

- Nestor Ivanovich bilanmi?

- Dastlab Aleksandr Nestorovich bilan, ammo ko'risha olmadik. Nima deb o'ylash va ular nima deb o'ylayotganlarini bilmayman. Albatta, qiyin. Faqatgina futbolga muhabbat tufayli maydonga tushayapmiz.

- Qozog'iston yoki O'zbekistonga kyetib faoliyatingiz oxirida pul ishlab olish niyati yo'qmi?

- Hozircha bunday rejam yo'q. Bu yerda barchasi qoniqtimoqda, bitta narsadan tashqari. Umid qilamanki, ijobiy tomonda o'zgarish bo'ladi.

- Grozniy sizning murabbiylik kurslariga o'qishni boshlashingizga qanday qaradi?

- Buni nimasi yomon? Futbolchilikni darhol tugatmoqchi emasman. Shunchaki parallel tarzda murabbiylikka ham o'qiyman. Ertami kechmi bu kurslarda o'qishim kerak edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua