Mak Allister "Liverpul"ga o'tishi haqida: "Mening orzum ushaldi"

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023, 18:46
Yarim himoyachi Aleksis Mak Allister "Brayton"dan "Liverpul"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Ajoyib tuyg'u. Bu mening ushalgan orzum, bu yerda bo'lish juda ajoyib va ish boshlashni intizorlik bilan kutyapman. Mavsumga tayyorgarlikning birinchi kunidanoq jamoada bo'lishni xohlardim, shuning uchun hammasi tayyor bo'lgani yaxshi. Jamoadoshlarim bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Bu men uchun fantastik yil bo'ldi – Jahon chempionati va "Brayton" bilan erishgan yutuqlarimiz. Ammo endi "Liverpul" haqida o'ylash va yaxshiroq futbolchi bo'lishga harakat qilish vaqti keldi".

"Liverpul" 24 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e'lon qildi. OAV xabariga ko'ra, kelishuv 2028 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com