Magat: "Bavariya"ga bundesligada raqobatchi bo'lmaydi

23 iyul 2013, 11:04
"Vofsburg"ning sobiq bosh murabbiyi Feliks Magat Myunxenning "Bavariya" klubiga yangi mavsumda birorta ham klub raqobatchilik qila olmaydi deb hisoblaydi.
Uning bunga ishonchi komil bo'lishiga "Bavariya" takibida yig'ilgan futbolchilar sabab bo'lgan.

"Albatta, mavsum oldi o'yinlariga ortiqcha baxo berib yuborish kerak emas. Biroq "Bavariya" tarkibiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Germaniya chempionatidagi chempionlik uchun intriga haqida so'z ham bo'lishi mumkin emasligi ayon bo'lib qoladi".

"Bavariya" boshqa jamoalardan ancha ustunroq. Shuning uchun raqobat bo'lishi haqida gapirishdan foyda yo'q", - dedi Magat.

Manba: championat.com