Madrid meri - Kurtuaga CHL-2014 finali haqida: "Sen bilan birga Lissabonda yig'laganlar ham to'g'ri tomonda"

Alisher
30 may 2022, 13:37
Madrid meri "Real"ning Chempionlar Ligasidagi g'alabasini nishonlash paytida hazil qildi.

Xose Luis Martines-Almeyda - "Atletiko" muxlisi, Tibo Kurtua esa 2011-2014 yillar davomida jamoa sharafini himoya qilgan.

Kurtua "Liverpul" (1:0)ga qarshi Chempionlar Ligasi finali oldidan: "Real" finalga qadar yetib borganda, uni yutgan. Endilikda men to'g'ri tomondaman".

"Real"ning musobaqadagi g'alabasini nishonlashida ishtirok etgan Madrid meri: "Real" o'zida XX asrning eng yaxshi klubi maqomini saqlab turibdi... Ayni paytda esa XXI asrning ham".

So'ngra Martines-Almeyda Kurtuaga murojaat qildi: "Sen bir necha yillar menga zavq bergansan. Chin yurakdan senga bitta narsani aytishimga izn ber: sen bilan Lissabonda yig'laganlar ham to'g'ri tomonda".

"Real" 2014 yilda "Atletiko"ni Chempionlar Ligasi finalida 4:1 (qo'shimcha taymlardan so'ng) hisobida mag'lub etgan edi. Kurtua o'sha o'yinda "roxiblankos" darvozasini qo'riqlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca