Madrid klubi Grinvudga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
7 fev 2024, 01:57
Angliyalik futbolchi "Atletiko"ning yozgi transfer rejalariga kiritilgan.

Madridning "Atletiko" klubi "Xetafe" hujumchisi Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "The Daily Telegraph".

Ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli ingliz futbolchisi "matraschilar"ning yozgi mavsumdagi transfer rejalariga kiritilgan.

Meyson Grinvud joriy mavsum "Xetafe" safida 22 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Daily Telegraph