Lyudovik Jyuli: "Mbappe Messining uni yoshida bo'lgan paytidan professionalroq"

Tolibjon Qosimov
12 okt 2017
PSJ, "Monako" va "Barselona" jamoalarining sobiq futbolchisi Lyudovik Jyuli parijliklar hujumchisi Kilian Mbappeni Lionel Messi uning yoshida bo'lgan paytidagidan professionalroq deb hisoblaydi.

Uning so'zlariga ko'ra, yosh francuzni yorqin kelajak kutmoqda.

"Kilianda potencial yuqori. Unda katta futbolchi bo'lish uchun hamma narsa bor. U professional va sog'lom fikrlovchi inson. Mbappe PSJni o'sish uchun tanladi. Mbappe Messi uning yoshida bo'lgan paytidan ko'ra professionalroq, o'z tanasini qanday boshqarishni yaxshiroq biladi. Kilian o'zini juda yaxshi biladi va kuchini tiklay oladi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: RMC