Lyov keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2021
Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Menda bir nechta takliflar bo'lgan va hozir ham bor, lekin terma jamoadan ketganimdan so'ng darhol yangi loyihani qabul qilishga tayyor emasdim. Kelgusi yil nima qilishimni hal qilaman", – dedi tajribali murabbiy.

Avvalroq "Fenerbaxche" Lyovga shartnoma taklif qilgani xabar berilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild