
"Barcha yuqori saviyadagi futbolchilar "Arsenal"ning qiziqishlari doirasiga kiradi. Draksler ham istisno emas. Ikki jamoa rahbarlari rejasidan xabarim yo'q. Biz Blian bilan yaxshi munosabatdamiz. Tez-tez gaplashib turamiz. U juda yaxshi yigit. Lekin ikkalamiz ham transfer haqida hech narsa bilmaymiz. Faqat shuni aytishim mumkinki, "Shalke"ga o'tishim haqidagi variant ko'rib ham chiqilmaydi", deya hujumchi so'zlaridan "Sky Sports" iqtibos keltirmoqda.