Lukaku Pochettino va "Inter"ga Milan jamoasida qolishini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2023, 22:45
Romelu Lukaku "Chelsi" ustozi Maurisio Pochettino bilan kelajagi haqida suhbatlashib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ijaraga olingan forvard "Cheli"ga qaytish niyatida emasligi, "Inter"da qolmoqchiligini aytdi. Argentinalik mutaxassisning tayinlanishi futbolchining rejalariga ta’sir qilgani yo'q.

Lukaku bu haqida "Inter" rahbariyati va murabbiylar shtabiga ham ma'lum qilgan.

Belgiyalik yakunlangan mavsumda A Seriyaning 25ta o'yinida 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport