Lukaku mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
2 may 2019, 15:15
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku jarohat tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, belgiyalik "Chelsi"ga qarshi Angliya chempionatining 36-tur o'yinida (1:1) jarohat oldi. Klub shifokorlari Lukaku bu mavsum boshqa maydonga tusha olmasligini aytishdi.

Belgiyalik forvard 2017 yilning yozida "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Joriy mavsum 25 yoshli hujumchi APLning 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 12ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times