Lukaku: "Yevropa ligasi finalidagi mag'lubiyatdan keyin 4 kun hech kim bilan gaplashmadim"

Mirjalol Normatov
25 sen 2020, 00:15
"Inter" forvardi Romelu Lukaku Yevropa ligasi finalida "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Men uchun juda og'ir damlar bo'lgandi. 4 kun hech kim bilan gaplashmadim. Bir kun uyqudan turdim-da, barchasini tushunib etdim. Endi kelajak haqida o'ylash kerak. Mag'lubiyat doimo futbolchining sherigi bo'ladi, shu orqali g'alabaga erishish yo'llarini topish mumkin", - dedi futbolchi.

Yodingizda bo'lsa, 3:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda "Sevilya"ning g'alaba goli urilishida Lukaku o'zining "hissasi"ni qo'shib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal