"Lujniki"dagi yong'in o'chirildi

Aslanov Jasurbek
5 okt 2015, 15:41
"Lujniki"dagi yong'in bartaraf etildi.

"Mahalliy vaqt bilan soat 12:39da (14:39 Toshkent vaqti) 20 kv. metr kenlikdagi yong'in o'chirildi" - deydi poytaxt MCHS vakili.

Ma'lum bo'lishicha, yong'in stadionda emas, uning yonida sodir bo'lgan.

"Qurilish mollari yonyapti. Tepada payvandlash ishlari amalga oshirilgani tufayli, pastga uchqun tushgan. Hozir o't o'chiruvchilar ishlashmoqda, yong'in o'chgan. O't o'chiruvchilar ishini yakunlamagunich, zararga baho berish qiyin" - deydi "Lujniki" qurilish boshqaruvi raisi Murat Axmadiev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru