Luis Suares faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin

Alisher
21 dek 2021, 17:38
Urugvaylik futbolchi joriy mavsum so'nggida "Atletiko"dan ketishi mumkin.

Tajribali hujumchi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Inter Mayami" qiziqish bildirmoqda.

Luisning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi, shu sabab u Florida klubiga tekinga tushishi mumkin.

34 yoshli hujumchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes