

“Jamoa a'zolari va murabbiylar o'zimiz ishtirok etayotgan ikkita turnirda g'olib chiqish uchun harakat qilayapmiz. Bizni Ispaniya kubogida final uchrashuv va La Ligada chempionlik uchun imkoniyatlarimiz mavjud.
Murabbiy sifatida mening vazifam – raqibni jiddiy o'rganish. “Las-Palmas” mavsumni a'lo darajada o'tkazmoqda. Ularning ajoyib o'yin uslubi mavjud. Ular doim top-10 orasida bo'lishgan.
“Las-Palmas” xavfli raqib, shu sabab ularga qarshi bir daqiqagayam e'tiborni yo'qotmaslik lozim. Bizda himoyada muammolar etarli. Ammo tarkibda etarli futbolchilar bor. Pike tobi yo'qligi bois bir hafta jamoa bilan shug'ullanmadi. Ammo hozir uning holati yaxshi”, dedi Enrike.



