Luis Enrike: "De Xeaning borligi, bizning omadimiz"

Mirjalol Normatov
14 okt 2020, 10:40
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasi doirasida Ukrainaga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Bir yoki ikki o'yinda gol ura olmayotganimiz muammo emas. Chunki bugun gol urish uchun etarli vaziyatlar yaratdik. Shuningdek, 90 daqiqa mobaynida raqibni nazorat qildik.

Ispaniyada muxlislar De Xeani tanqid qilishga o'rganib qolgan. Agar shunday o'yindan keyin keyin ham uni tanqid qilishsa, futbolni tugatsak bo'ladi.

Faoliyatim davomida ko'plab uchrashuvlarda mag'lub bo'lganman. Bunday o'yinlarda esa yutqazmaslik kerak edi. Bugun futbolchilarning ishtiyoqi yuqori bo'lganini barcha ko'rdi. Yigitlarning ko'rsatgan o'yinidan xursandman", - dedi Luis Enrike.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal