Luis Enrike "Chelsi"ni boshqarishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
21 dek 2022, 18:18
"Barselona" va Ispaniya termasi sobiq ustozi Luis Enrike faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 52 yoshli mutaxassis xizmatlariga "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. London klubi ispaniyalikka yillik 12 mln evro maosh bilan 3 yilga shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Enrike uchun yana bir variant sifatida Madridning "Atletiko"si aytilmoqda. Takidlanishicha, Luisning o'zi "Chelsi"dan ko'ra, "matraschilar" bilan ishlashni maqul ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia