Luis Enrike: Bu g'alaba bizga ishonganlarga bag'ishlanadi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2017, 08:46
Barselona ustozi Luis Enrike PSJga qarshi o'yindan so'ng (6:1) o'z fikrlarini bildirdi.

O'ylashimcha, barchamiz g'alabaga ishongandik. Biroz tavakkal qildik, ammo bu natija berdi. Bugun effektivlik birinchi o'rinda edi.

Chorak finalga chiqqan jamoalar bizni bu yerda ko'rishdan xursand bo'lmaydilar, ammo barchada sovrin yutish imkoniyati bo'ladi.

Bu g'alaba PSJga qarshi o'tgan birinchi o'yindan keyin ham bizga ishonganlarga bag'ishlanadi, – deydi Enrike.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com