Luis Enrike: Biz haqli ravishda g'olib bo'ldik

Narzulla Saydullayev
16 apr 2015, 10:00
Barselona bosh murabbiyi Luis Enrike YCHL chorak finali doirasidagi PSJga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
– Futbolchilarni tabriklash uchun qulay fursat. Biz haqli ravishda g'olib bo'ldik. Ha, PSJ qiyinchiliklar yaratishga urindi, ammo gol bo'lgan vaziyatda omadimiz kelmadi.

To'pni nazorat qilishda ancha faol o'ynadik, himoyada tartibli harakat qildik.

Hujumkor o'yinchilarda erkinlik mavjud. Uchrashuv vaqtida barcha imkoni darajasida o'ynaydi, – deydi Luis Enrike.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru