Lui van Gal: MYU jamoa bo'lib o'ynamadi, bu mening aybim

Narzulla Saydullayev
16 avg 2014, 19:42
Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal Angliya chempionatining 1-turida Suonsiga qarshi o'yindan (1:2) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Mavsumdagi ilk uy o'yinimizda mag'lub bo'lganimizdan xafamiz. O'z o'yinimizni namoyish eta olmadik. Oldinroq yaxshiroq o'ynayotgandik.

Birinchi bo'limda juda hayajonlandik, asabiy qarorlar qabul qildik. Ikkinchi bo'limda biz jamoa sifatida harakat qilmadik, bu mening aybim.

Imkoniyatlar bo'ldi, ammo natija tabloda. Hisob 1:1 bo'lib turganida yutamiz deb o'ylagandim, ammo bu o'yin bilan g'alaba qozonishning iloji yo'q, – deydi van Gal.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru