Luchesku kimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb biladi?

Sherzod Nurmatov
28 apr 2021, 23:19
Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku PSJning braziliyalik hujumchisi Neymarni dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchisi deb bilishini aytdi.

"Eng futbolchi Ronaldu yoki Messi emas. Hozir eng kuchlisi – bu Neymar. U sog'lom va yaxshi formada bo'lsa, Mbappedan ham kuchliroq. Neymar Ronaldoga o'xshaydi. U faqat futbol haqida o'ylasa, eng zo'ri sanaladi", – dedi Luchesku. 

29 yoshli Neymar ushbu mavsumda PSJ tarkibida barcha turnirlarda 24 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport