

“Agar Yevropa chempionati hozirgi tarkibning saviyasini hisobga olgan holda kutganimizdek o'tmasa, u holda nafaqat Lyov, balki qolishga qaror qilganlarning barchasi ketishiga to'g'ri keladi. Ular yuz berishi mumkin bo'lgan holatlarga javob berishlari lozim.
Ispaniya bilan 0:6 boshqa holat, ammo agar umumiy vaziyatga baho beradigan bo'lsangiz yoki jamoa g'alaba qozona olmagan uchrashuvlardagi so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollarni eslasak, Lyov endi milliy terma jamoaga mos kelmasligini tushunmoqdaman.
Bu 2016 yoki 2018 yillardagi kabi vaziyat emas. Uning dadil javoblari: “Shunchaki menga qo'yib bering, sizlar hech narsani tushunmaysiz!”. Keyin esa zaxira o'rindig'idagi beparvolik. Ayniqsa, Ispaniyaga qarshi uchrashuvda.
Muxlislarning ishonchi yo'qoldi va nazarimda, Germaniya futbol assotsiatsiyasi bunga e'tiborsizlik bilan qaramoqda. Yoaxim Lyov yuqori darajasiga qaytishini xohlardim. U bilan birga nemis futboli ham”, deydi Matteus.



