"Los-Anjeles Gelaksi" "Barselona" futbolchisini o'z safiga qo'shib oladi

Alisher
2 avg 2022, 10:16
"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

"Los-Anjeles Anjeles" 22 yoshli ispaniyalikning o'tishi borasida og'zaki kelishuvga erishdi.

Oldinroq, Puchning tez orada kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi aytilgan edi. Amaldagi kelishuv 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 7 million evroga baholamoqda.

Riki 2020 yilning iyulidan beri "Barselona" tarkibida o'ynaydi. Yarim himoyachi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS