Loris Karius “Beshiktosh” ustidan FIFAga arz qildi

22 apr 2020, 07:53
Karius “Liverpul”ga qaytadi.

Qayd etilishicha, germaniyalik posbon Loris Karius FIFA tashkilotiga ayni damdagi klubi “Beshiktosh” ustidan arz qilgan. Futbolchi klubdan maoshini ololmayotgani sabab tashkilotga murojaat qilgan va oyligini undirib berishlarini so'ragan. Shuningdek, u klub bilan ijara shartnomasini bekor qilishni ham talab qilgan.

Ma'lumot uchun, Kariusning transfer huquqi “Liverpul”ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS.com