Lorente va Kvalyarella "Milan"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 16:35
"Yuventus" hujumchisi Antonio Konte Italiya A seriyasining 7-turidan o'rin olgan "Milan"ga qarshi o'yinda Fernando Lorenteni maydonga tushirmoqchi, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
28 yoshli ispaniyalik futbolchi Turin klubiga yozda kelib qo'shilgandi, ammo hozircha klubning asosiy futbolchisiga aylana olmadi.

U 4ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi. O'sha o'yinni ilk daqiqalardan Fabio Kvalyarella maydonga tushishi mumkin.

Bu futbolchi YCHL 2-turida "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda penalti ishladi va gol urdi (2:2).

Lorente va Kvalyarella hujumda jarohat olgan Mirko Vuchinich va Karlos Tevesni o'rniga maydonga tushishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net