Lorenco Insine: “Iguain Kavaniga qaraganda jamoaviy o'yin ko'rsatadi”

Tolibjon Qosimov
25 sen 2013, 18:19
“Napoli” klubi hujumchisi Lorenco Insine, klubning sobiq hujumchisi Edinson Kavani va yangi hujumchi Gonsalo Iguainni solishtirar ekan, bu ikki futbolchining o'yin uslubi turli xilligini ta'kidlab o'tdi.

Ikkala o'yinchi ham ushbu mavsumda klublarini o'zgartirishdi, Kavani “PSJ”ga o'tgan bo'lsa, Iguain “Real”ni tark etdi.

- Kavani har doim gol urishni istardi, Iguain esa boshqacha o'yinchi. U ko'pincha jamoaviy o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. Uning o'yini va gollari bizlarga sezilarli foyda keltiradi va jamoani jiddiy tarzda kuchaytirdi. Gonsalo jamoa uyinchilarini (asosan Gamshik va Kalexon) yaxshi tushunib o'ynaydi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru