Lopetegidan so'ng Ispaniya terma jamoasini kim boshqarishi mumkin?

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2018, 12:42
Ispaniya futbol federatsiyasi JCH-2018dan so'ng "Real"ni boshqaradigan Xulen Lopetegi o'rniga murabbiy izlashni boshladi.

Hozircha ikki nomzod - "Barselona" sobiq ustozi Luis Enrike va "Malaga" eks murabbiyi Michel nomlari ko'rib chiqilmoqda.

Ispaniya futbol federatsiyasi sport direktori Fernando Yerro "Chelsi" va "Arsenal" bilan muzokara o'tkazgan Enrike variantini ilgari surmoqda. Biroq tashkilotning yangi prezidenti Luis Rubiales Michel bosh murabbiy bo'lishini xohlayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es