Lopetegi Angliya Premer-ligasida ish boshlashi mumkin

Оқил Абдубарноев
13 dek 2023
Ispaniyalik murabbiy Xulen Lopetegi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida Erik ten Xagning o'rnini egallashi mumkin.

Mutaxassis uchun Angliyada boshqa variantlar ham bor. Manbaning yozishicha, Lopetegiga “Kristal Pelas” va “Nottingem Forest” klublari qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, 57 yoshli murabbiy avgust oyidan beri ishsiz hisoblanadi. 

"Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. "Kristal Pelas" o'n besh, "Nottingem Forest" esa 16-pog'onani band etib turibdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun