“Lokomotiv”ning bugungi mashg'ulotidan fotoreportaj

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2017
O'zbekistonning amaldagi chempioni va mamlakat kubogi sohibi – “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsum hozirliklarini davom ettirmoqda.

“Temiryo'lchilar” hozirda BAAning Dubay shahrida o'quv-yig'ini o'tkazishmoqda.

Jamoa kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Yig'inga olib ketilgan futbolchilarning barchasi jamoa bilan birga va ular Andrey Miklyaev hamda Mirko Yyelichich boshchiligidagi mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Bugun ham tushdan so'ng futbolchilarimiz to'p bilan muomala mashqlarini bajarishdi.

Quyida “Lokomotiv”ning bugungi mashg'uloti payti olingan fotosuratlarni siz – aziz ishqibozlarimiz bilan bo'lishishni istadik:




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz