"Lokomotiv"ga yangi bosh menejer tayinlandi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2024
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Lokomotiv" bosh homiysi – "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati talabiga binoan "Lokomotiv" professional futbol klubiga bosh menejer tayinlandi.

Bugun klubimiz ofisida bo'lib o'tgan yig'ilishda Akmal Davronovich Xusanbaev bosh menejer sifatida tanishtirildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati bilan uchrashuv chog'ida bosh menejer oldidagi vazifalar belgilab olindi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq ushbu lavozimda Marat Bikmaev ishlab kelayotgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати