“Lokomotiv” “Zarya”ga imkoniyatni boy berdi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2017, 19:28
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'ini tashkil etgan “Lokomotiv” bugun mazkur yig'in doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Bu gal “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari Ukrainaning “Zarya” jamoasi vakillariga qarshi bahs yuritishdi. Qiziqarli tarzda kechgan o'yinda ukrain futbolchilarining qo'li baland keldi – 0:1. O'yin taqdirini hal qilgan yagona golga 84-daqiqada Artyom Suxockiy mualliflik qildi.

“Lokomotiv” – “Zarya” 0:1
Gol:
Artyom Suxockiy (84)

“Lokomotiv”: Mamur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Islom To'xtaxo'jaev, Sherzod Fayziev, Oleg Zoteev, Salim Mustafoev, Timur Kapadze, Quvondiq Ro'ziev, Sardor Mirzaev, Jaloliddin Masharinov, Murod Bobojonov.

Zaxira: Sadriddin Abdullaev, Marat Bikmaev, Salamat Qutiboev, Shuhrat Muhammadiev, Boburbek Yo'doshov, Muhammad Kone, Nore Krizo, Timur Usmonov.

“Zarya”: Aleksey Shevchenko, Eduard Sobol, Rafael Forster, Igor Xaratin, Evgeniy Opanasenko, Igor Chaykovskiy, Ivan Petryak, Paulino, Djaba Lipatiya, Jelko Lyubenovich, Denis Bezborodko.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz